Turkmaniston benzin narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

05.09.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 4

3ecae8a1f092b0c4e6e491879782b23d

Turkmaniston Ai-95 benzini narxi eng past bo‘lgan o‘nta davlat qatoriga kirdi. Qo‘shni respublika bu borada Markaziy Osiyoda ham yetakchilik qilmoqda.

Global Petrol Prices portali ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmanistonda benzin bir litri narxi 0,0429 AQSH dollari turadi. Dunyo bo‘ylab eng arzon benzin narxi 0,029 dollar bo‘lib, Eronda qayd etilgan. Bundan tashqari, past narxlar Liviya (0,032 dollar), Venesuela (0,035 dollar), Misr (0,309 dollar), Jazoir, Kuvayt (0,344 dollardan), Malayziya (0,471 dollar) va Nigeriyada (0,485 dollar) ham kuzatilgan.

O‘z navbatida, benzinning eng yuqori narxlari Isroil, Barbados, Singapur, Daniya, Shveysariya, Niderlandiya, Lixtenshteyn, Islandiya, Monako va Gonkong kabi davlatlarda qayd etilgan. Eng yuqori narx Gonkongda kuzatilmoqda — bir litr uchun 3,269 dollar.

Markaziy Osiyo davlatlarida:

1. Turkmaniston — 0,0429 dollar (dunyo bo‘yicha 8-o‘rin)

2. Qozog‘iston — 0,507 dollar (11-o‘rin)

3. Qirg‘iziston — 0,874 dollar (30-o‘rin)

4. O‘zbekiston — 0,986 dollar (42-o‘rin)