Qirg‘izistonda korrupsion jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarga yuqori davlat lavozimlarida ishlashni umrbodga taqiqlash taklif qilindi. Tegishli qonun loyihasi Jogorku Keneshda taqdim etildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Toktorbayev qabul qilingan choralarga qaramay, davlat organlarida korrupsiya darajasi hamon yuqori ekanini aytgan. Umrbod taqiq davlat apparatini “vijdonsiz amaldorlardan tozalash” va ularning keyingi korrupsion faoliyatining oldini olishga qaratilgan.
Qonun loyihasi “Prezident va Jogorku Kenesh deputatlari saylovi to‘g‘risida”gi hamda “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunlarga o‘zgartishlar kiritishni taklif etmoqda.