Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yangi temir yo‘l quriladi

04.01.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 6

temir yo'l

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi temir yo‘l liniyasi quriladi. Uning 2027 yilda ishga tushirilishi eksport yuk tashish hajmini oshirish imkonini beradi. Bu haqda Kazinform xabar bermoqda.

Qozog‘iston temir yo‘llari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi mavjud Sariyog‘och—Toshkent yo‘nalishidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish, shuningdek, «Sariyog‘och» bekati yuklamasini kamaytirish va O‘zbekistonga yuk tashish hajmini oshirishga xizmat qiladi.

— Qozog‘iston temir yo‘llari kompaniyasi tomonidan 286 milliard tenge qiymatidagi investisiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda rejadagi 203 kmning 100 kilometriga yetadigan rels-shpallar yig‘ildi. Loyihani amalga oshirishda 46 ta yo‘l-qurilish texnikasi va 70 dan ortiq ishchi ishtirok etmoqda, — deyiladi xabarda.