25-yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan O'zbekistonda bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi "Amirsoy" kurort majmuasida Qirg‘iziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Rahbarlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarda hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi