Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rejalar muhokama qilindi

29.01.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

81a75d69ee1858a84993e48ef9125d6a

2025-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Energetika vazirligida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Jahon banki vakillarining "davra suhbati" o‘tkazildi.

Rasmiylar Qirg‘izistonda Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildilar. Bu mintaqaviy tashabbus Markaziy Osiyoda suv-energetika xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan. Toshkentda o‘tgan uchrashuvda tomonlar Jahon bankining moliyaviy-texnik ko‘magi bilan ushbu loyihani birgalikda amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Loyihani tayyorlash uchun Jahon banki Qirg‘izistonga 18,6 million dollar miqdorida moliyaviy-texnik ko‘mak ko‘rsatdi. Ushbu mablag‘lar, jumladan, loyiha uchun texnik-iqtisodiy asosni yangilashga, uning turli texnik, iqtisodiy, moliyaviy, ekologik va ijtimoiy jihatlarini tahlil qilishga sarflanadi.

Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova tashkilotning ushbu muhim mintaqaviy loyihani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi. U, shuningdek, Jahon banki va boshqa xalqaro donorlar bilan birga, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarni jalb qilishga tayyorligini aytdi.