Tojikistonda armiyani kuchaytirish eng muhim vazifa ekanligi aytildi

24.02.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

23-fevral kuni Tojikiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligini nishonladi. Shu munosabat bilan Tojikiston prezidenti  Emomali Rahmon nutq so'zlab, jahon maydonlarida shiddat bilan o‘zgarib borayotgan sharoitlarni hisobga olib, qo‘shinlarning doimiy shayligini, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash zarurligini ta’kidlagan.

Bugun shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda harbiy xizmatchilarni qayta tayyorlash, ularning professionalligini oshirish, yangi texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellektni o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Uskunalarni modernizatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish uchun yaxshi sharoitlar yaratish ham muhimdir.
Eslatib o‘taman, bugungi dunyoning inqirozli sharoitida, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash eng muhim vazifalarimizdan biridir, degan u.