O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031 yilgi Osiyo kubogi mezbonligini birgalikda qabul qilishga tayyor

26.02.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

O'zbekiston,Tojikiston, Qirg'iziston

Uch mamlakat futbol federatsiyalari Osiyo futbolining bosh turnirini birgalikda o‘tkazish uchun qo‘shma nomzodini ilgari surdi.

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan birgalikda 2031 yilgi Osiyo kubogini o‘tkazmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) xabar berdi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 yilda Osiyo qit’asining eng nufuzli futbol turniri bo‘lgan Osiyo kubogi mezbonligiga nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshlagan. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston futbol uyushmalari birgalikda Osiyo kubogi mezbonligini qabul qilish uchun nomzodini ilgari surgan.

«Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi kabi shaharlarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo‘shimcha ravishda, oxirgi yillarda Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi ulkan tajriba vazifasini o‘tadi. Markaziy Osiyo har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futbolga fidoyiligi va albatta futbolsevar muxlislar mehri bilan butun Osiyo e’tiborini qozonishga tayyor», deyiladi xabarda.