Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov qirg‘iz-xitoy do‘stlik ko‘prigini qurish to‘g‘risidagi hukumatlararo shartnomani ratifikatsiya qildi.
Irkeshtam nazorat-o‘tkazish punktida (O‘sh - Sari-Tosh - Irkeshtam avtomobil yo‘li) uzunligi 187 metr bo‘lgan yangi ko‘prik paydo bo‘ldi. Qurilishni Xitoy tomoni amalga oshirdi, biroq ko‘prikka Qirg‘iz Respublikasi egalik qiladi.
"Do‘stlik ko‘prigi" mamlakatlar o‘rtasidagi savdo va transport aloqasini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.
