Eron MO davlatlari chegaralari to'g'risidagi shartnoma imzolanganini olqishladi

08.04.2025 00:00 MARKAZIY OSIYO 6

Eron TIV

Eron tomoni O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi shartnoma va Xo'jand deklaratsiyasi imzolangani hamda Do'stlik stelasi ochilganini olqishladi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy bayonot berdi

Eron tomoni Xo'jand shahrida O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to'g'risidagi tarixiy shartnoma va Qo'shma deklaratsiya qabul qilinganini va uch mamlakat davlat chegarasi tutashgan joyda Do'stlik stelasi ochilganini qo'llab-quvvatlaydi.

Eron TIV matbuot kotibi, shuningdek, Eronning Markaziy Osiyo davlatlarining chegara nizolarini tinch yo'l bilan hal etish va mintaqalararo integratsiyani mustahkamlash bo'yicha sa'y-harakatlari va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi pozitsiyasiga to'xtaldi. "O'zbekiston-Tojikiston-Qirg'iziston uch tomonlama kelishuvi mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlikni kafolatlaydi hamda turli sohalarda o'zaro hamjihatlik va hamkorlikning yanada kengaytirishga zamin yaratadi, shuningdek, mintaqa davlatlarining iqtisodiy o'sishi va rivojlanishiga xizmat qiladi", – dedi u.