BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi

26.03.2024 00:00 Dunyo 6

BMT Xavfsizlik Kengashi ilk bor G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatni 14 davlat qo‘llab-quvvatladi, AQSh betaraf qoldi.

BMT Xavfsizlik kengashi 25-mart kuni G‘azo sektorida “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish"ga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar berdi BBC News.

orynaF16984232233687_b

foto: UNICEF/Eyad El Baba

Hujjat, shuningdek, barcha garovga olinganlarni zudlik bilan, shartsiz ozod qilishni talab qiladi.

Bu 2023-yil oktabr oyida HAMAS Isroil hududiga hujum qilganidan keyin Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan beri BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan birinchi shunday chaqiriq hisoblanadi.

Bundan avval Xavfsizlik Kengashining G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyalarini bloklagan AQSh bu safar ovoz berishda betaraf qoldi, deb yozdi The Guardian.

Qabul qilingan rezolyutsiya kengashning doimiy bo‘lmagan o‘n nafar a’zosi tomonidan yozilgan va Mozambik vakili tomonidan taklif qilingan. Hujjat uchun Xavfsizlik Kengashining 14 a’zosi ovoz bergan.