Xitoy Yaqin Sharqdagi harbiy operatsiyalarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

05.03.2026 15:31 Dunyo 3440

Xitoy barcha tomonlarni mojaroning yanada tarqalishining oldini olish uchun harbiy harakatlarni to'xtatishga chaqirdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin AQSh hamda Isroilning Eronga qarshi hujumlari va Tehronning keyingi qasoskor harakatlari haqida izoh berar ekan qayd etdi.

Diplomatning so‘zlariga ko'ra, harbiy hujumlar BMT Xavfsizlik Kengashining ruxsatisiz amalga oshirilgan, Pekin buni xalqaro huquqning buzilishi deb biladi. Xitoy shuningdek, mojaro qo'shni davlatlarga ta'sir qilayotganidan chuqur xavotir bildirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi barcha Fors ko'rfazi mamlakatlarining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga qat'iy rioya qilinishi kerakligini ta'kidladi.

Pekin Fors ko'rfazi hamkorlik kengashi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda yig'ilishi natijalarini yuqori baholadi, unda inqirozni hal qilish va mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashning yagona yo'li sifatida muloqot va diplomatiya zarurligi ta'kidlangan.

Xitoy shuningdek, mintaqaviy mamlakatlarni yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik tamoyillariga asoslangan tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo'yicha muvofiqlashtirish va qo'shma sa'y-harakatlarni kuchaytirishda qo'llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.