Moskvadagi teraktda gumonlanib yana bir kishi ushlangan

28.03.2024 00:00 Dunyo 5

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi «Krokus Siti» konsert zalida yuz bergan terrorchilik harakatiga aloqador yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi. 

kmo_198456_00077_1-768x432

Surat: rtvi.com

Xabarga ko‘ra, u «terrorizmni moliyalashtirish sxemasida» ishtirok etgan. Tergov qo‘mitasi suddan uni hibsga olishni so‘raydi. Xabarda gumonlanuvchining shaxsiga oid ma'lumotlarga oydinlik kiritilmagan. 

Shuningdek, Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «Krokus»dagi teraktda Ukraina aloqadorligi ham ma'lum bo‘lgan. Qayd etilishicha, terrorchilarga mablag‘ va kriptovalyuta berilishida aynan ukrain tomoni turgan.

«Qo‘lga olingan terrorchilar bilan ishlash, ulardan olingan texnik vositalarni o‘rganish va moliyaviy operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida ularning ukrainalik millatchilar bilan aloqasi borligiga oid dalillar ma'lum bo‘ldi», deyilgan xabarda.