Toshkent shahrida O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish, joriy yil sentyabr oyidan universitetning tayyorlov kurslarini ochish, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlarini yaratish va tasdiqlash, professor-o‘qituvchilarni jalb etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining Fransiyada amaliyot o‘tashini tashkillashtirish, talabalarga fransuz tilini o‘rgatish dasturlarini yanada takomillashtirish, fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Joriy yilning oktyabr oyida Toshkentda bo‘ladigan O‘zbekiston-Fransiya rektorlar forumiga tayyorgarlik masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o‘rin oldi.