Eronning Isroilga hujumini qaytarish 1,35 milliard dollarga tushdi

15.04.2024 00:00 Dunyo 6
“Ediot Axaronot” gazetasida chop etilgan maqolada 14 aprelga oʻtar kechasi Isroilning mudofaa xarajatlari 4-5 milliard shekelni (1,08-1,35 milliard dollar) tashkil etgani taxmin qilinmoqda.
Bu raqam faqat Eron tomonidan uchirilgan raketalarni urib tushirish uchun sarflangan mudofaa xarajatlari ekanligiga eʻtibor qaratgan Aminax raketa tushgan joylardagi zarar bu raqamga kiritilmaganini maʻʻlum qildi.
Xabarda Isroil tomonidan ishlab chiqilgan Arrow ballistik raketalarga qarshi tizimning har bir uchirilishi 3,5 million dollarga tushgani, Eron dronlarini urib tushirish uchun havoga koʻtarilgan samolyotlarning ham alohida xarajati borligi qayd etildi.