Auto Shanghai 2025 21-xalqaro avtomobil ko‘rgazmasida Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi yangi modellar va innovatsion texnologiyalarni taqdim etish orqali o‘zining ulkan global strategiyasini namoyish etdi. Ko'rgamada HAVAL, WEY, ORA, TANK, POER va SOUO brendlari namoyish etildi.
GWM yangi avlod elektr transport vositalarining xavfsizligini oshirish uchun Osiyodagi eng yirik krash-test markazini yaratishga sarmoya kiritib, innovatsiyalarni joriy etishda davom etmoqda. Kompaniya o‘z avtomobillarini turli bozorlar ehtiyojlariga – Yaqin Sharq uchun panoramali tom qismiga ega modellardan tortib, Shimoliy Yevropa uchun atmosferali yoritgichlarigacha faol moslashtirmoqda.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, shuningdek, mintaqada GWM modellar qatorini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishda faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar kompaniya vakillari bilan uchrashib, qo‘shma hamkorlik va texnologiyalar almashinuvi, shuningdek, O‘zbekistonda brendni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.