Rossiya 23-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Innoprom ko‘rgazmasida vodorod yoqilg‘isi bilan ishlaydigan dunyodagi birinchi hashamatli avtomobilni taqdim etdi.
Foto: Popularmechanics.com
Kompaniya vakili “TASS” nashriga maʼlum qilishicha, avtomobil uchta elektr motor bilan jihozlangan. Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
Manbada aytilishicha, Innoprom. Central Asia ko‘rgazmasida MDH mamlakatlaridagi salohiyatli kadrlar va kompaniyalarning yuksak ishlanmalari namoyish etilgan. Bu platforma vodorod yoqilg‘ili avtomobilni ommaga tanitish uchun yaxshi zamin bo‘lib xizmat qilgan.