XXR Raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara oʻtkazdi

16.05.2024 00:00 Dunyo 6

16-may kuni Pekindagi Xalq majlislari uyida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan keng doirada muzokaralar o‘tkazdi

1946338475_0_288_3128_2048_1920x0_80_0_0_6b08a5bf203ea1032e3c39b2b9c96063

Foto: "РИА Новости"

Si Szinpin Xitoyga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya rahbarini yana bir bor samimiy qutladi. Chin yurti rahbarining soʻzlariga koʻra, Vladimir Putinning yangi prezidentlik muddati boshlanganidan beri birinchi xorijiy tashrifi Xitoyga boʻldi – bu Prezident va Rossiya hukumati Xitoy-Rossiya munosabatlariga qaratilayotgan eʼtiborning ishonchli dalili sanaladi.

Bu yil Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganiga 75 yil to‘ldi. Xitoy yuqori sifatli rivojlanishga asoslangan Xitoy modernizatsiyasini har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda, yangi sifatli ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirmoqda, bu esa jahon iqtisodiyotining o'sishiga qo'shimcha turtki beradi. Xitoy va Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari va yetakchi bozor davlatlari sifatida strategik hamkorlikni chuqurlashtirmoqda, oʻzaro manfaatli hamkorlik koʻlamini kengaytirmoqda. Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligi munosabati bilan yangi boshlanish nuqtasi sifatida tomonlar milliy rivojlanish strategiyalari integratsiyasini yanada faollashtirish va ikki tomonlama hamkorlikni ikki mamlakat va ularning xalqlari farovonligi yo‘lida yangi mazmun bilan to‘ldirishlari zarur deya ta'kidladi Si Szinpin.