foto:Xinhua/qutqaruvchilar
Xitoy va MO mamlakatlari favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik mexanizmini yaratadilar
Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati 2024-yil may oyi oxirida Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik mexanizmini yaratish bo'yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaydi. Bu haqda Pekindagi matbuot anjumanida XXR favqulodda vaziyatlarni boshqarish vazirligining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Van Manda ma‘lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, memorandum 30 may kuni ShUAR ma‘muriy markazi Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadigan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlarining favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha Vazirlar yig‘ilishida imzolanishi kutilmoqda.
Van Manda ta‘kidlaganidek, Xitoy ham, Markaziy Osiyoning beshta mamlakati ham tabiiy ofatlar, jumladan zilzilalar, toshqinlar, o‘rmon va dasht yong‘inlari xavfi yuqori mintaqada joylashgan. Kutilayotgan yig‘ilishda tomonlarning tabiiy ofatlarning oldini olish, zararni kamaytirish va oqibatlarini bartaraf etish, ishlab chiqarish xavfsizligini nazorat qilish va keng qamrovli qutqaruv ishlari kabi sohalardagi hamkorligi ko‘rib chiqiladi va amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi takliflar ilgari suriladi.
Bundan tashqari, Van Manda tomonlar neft va gaz quvurlaridagi baxtsiz hodisalarga favqulodda javob berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o'tkazadilar.
2023 — yil may oyida bo‘lib o‘tgan birinchi Xitoy-Markaziy Osiyo sammitidan so‘ng, Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlatidagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish idoralari ixtisoslashgan sohada mintaqaviy hamkorlik uchun yangi platforma yaratish va qutqaruv operatsiyalari sohasida transchegaraviy hamkorlikni chuqurlashtirish majburiyatini oldi.
O‘tgan yil davomida Xitoy — Markaziy Osiyo formatidagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik doirasida Xitoy tomoni bir qator tadbirlarni o‘tkazdi, jumladan, favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha yuqori darajadagi tahlil markazlari forumlari, ishlab chiqarish xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha seminarlar va xavfning oldini olish bo‘yicha tajriba almashishlar shular jumlasidandir