Si Szinping G‘azo bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga chaqirdi

31.05.2024 00:00 Dunyo 4

Xi_Jinping

Si Jinpingning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy mustaqil Falastin davlatini yaratish, Falastinning BMTga to‘liq a’zo bo‘lishini va «kattaroq, nufuzli va samarali xalqaro tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini» qo‘llab-quvvatlaydi.

Xitoy rahbari Si Szinping Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi urushni tugatish uchun keng ko‘lamli tinchlik konferensiyasi o‘tkazishga chaqirdi. «Yaqin Sharq – rivojlanish uchun katta istiqbolga ega mamlakat, biroq u yerda hamon urush davom etmoqda», — dedi Xitoy rahbari 30 may, payshanba kuni Pekinda arab davlatlari vakillari oldida qilgan chiqishida. Uning so‘zlari Xitoy Tashqi ishlar vazirligi saytida keltirilgan.

«Urush cheksiz davom eta olmaydi, adolat abadiy yo‘q bo‘lib qolmaydi va «ikki davlat yechimi»ni o‘zboshimchalik bilan buzib bo‘lmaydi», - dedi Si Jinping. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy «1967 yildagi chegaralar doirasida to‘liq suverenitetga ega bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini, uning poytaxti Sharqiy Quddusni tashkil etishni, Falastinning BMTga to‘laqonli a’zo sifatida kirishini va kengroq, obro‘li hamda samaraliroq xalqaro tinchlik konferensiyasi o‘tkazilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi».

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi xalqaro hamjamiyatni Isroilning G‘azo sektorida HAMASga qarshi urushini to‘xtatishga chaqirdi. «Xalqaro hamjamiyatni G‘azoga zudlik bilan uzoq muddatli gumanitar yordam ko‘rsatishga, Isroil qamalini to‘xtatishga va falastinliklarni o‘z yerlarini majburan tark ettirishga urinishlarni to‘xtatishga chaqiraman», — dedi as-Sisi.