Ukrainada koronavirusning yangi turi aniqlandi

06.08.2024 00:00 Dunyo 4

koronavirus

foto:Google Image

Ukrainada koronavirusning yangi turi aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi Igor Kuzin ma’lum qildi.

“2024-yil iyul oyida mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusi yangi subvariantining FLiRT deb ataladigan birinchi holatlari qayd etildi”, deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltiriladi Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan haftada FLiRT koronavirus subvariantining uchta holati aniqlangan: ikkitasi Kiyevda, bittasi Ivano-Frankovsk viloyatida.

Vazirlik, shuningdek, yangi shtammning o‘ziga xos xavfi yo‘qligini ta’kidladi, ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uni har bir mamlakat darajasida kuzatib borish kerak deb hisoblaydi.

Hammasi bo‘lib, 2024-yil avgust holatiga ko‘ra, Ukrainada SARS-CoV-2 virusining 10 ta shtammi aniqlangan. Bu Omicron variantining turli xil subvariantlari. Iyul oyi oxirida Kiyev rasmiylari koronavirus bilan kasallanish sezilarli darajada oshgani haqida xabar berdi.