Tayvanlik yoshlar materikda o‘z yo‘lini topmoqda

09.11.2024 00:00 Dunyo 3

Lin Szyasyuan – Pekindagi "Xuasya qadimiy madaniyat" studiyasining asoschisi. U turli millatlarning raqslari va anʼanaviy xitoy odob-axloq qoidalarini oʻrganadi.

Lin zamonaviy Xan xitoylarining ajdodlari sanalgan Xuasya xalqining an'anaviy madaniyati avloddan avlodga o‘tishi kerakligiga chuqur ishonadi. 2018 yilda almashinuv talabasi sifatida u Pekinga keldi va asta-sekin yuzdan ortiq tarixiy davrlar ruhini mukammal tarzda aks ettiruvchi Xanfu an'anaviy liboslar to‘plamini tashkil qildi. U tarixiy filmlarni suratga olish jarayonida an'anaviy odob-axloq qoidalarini o‘rgatadi, bu tomoshabinlarga qadimiy urf-odatlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Pekin universiteti o‘qituvchisi Chen Venchen Tayvan ko'rfazining har ikki tomonida yoshlar almashinuvida faol ishtirok etadi va Qishki Olimpiya o'yinlarida Tayvanlik yoshlarning ko'ngillilar jamoasini boshqaradi. Ikkala qahramonimiz ham Xitoy xalqining tiklanishida ko‘rfazning ikki tomonidagi yoshlar muhim rol o‘ynashiga ishonchi komil.