Ming yildan ko‘proq vaqt avval Chanshaning qadimgi ustalari tomonidan yasalgan 50 mingdan ortiq sopol buyumlarni olib yurgan savdo kemasi dengizlarni kesib o‘tib, Afrikaga yuklarni yetkazib berdi. Bu Xunan va Afrika o‘rtasidagi savdo aloqalarining dastlabki ko‘rinishlaridan biri sanaladi.
Bugungi kunda ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. Xususan, savdo hamkorligi chuqurlashib mustahkam sheriklikka aylanib, zamonaviy davrning jadal sur’atlariga mos ravishda amalga oshirilmoqda. Misol uchun, Sharqiy Afrikaning baland tog‘laridan Chanshaga 400 dona yangi atirgulni yuk samolyotida tashish 10 soatdan sal ko'proq vaqtni oladi. Chansha iste'molchilariga yoqqan rang-barang gullari yirik Gaotsyao bozorida afrika tovarlarining jadal savdosini yuzaga keltirdi.
Iyul oyida atirgullarning bir partiyasi Chansha shahridan O‘zbekistonga han reeksport qilindi. Yetkazib berish Xitoy orqali Afrika gullarining birinchi reeksport jarayoni natijasi sanaladi. U Xunanning Afrikadan yuklarni tashish uchun global punktga aylanayotganini ifoda etadi.
Bu yilda oltita yirik savdo va hamkorlik markazlarini yaratishga qaratilgan Xitoy-Afrika Kengaytirilgan iqtisodiy va savdo zonasi ishga tushirilishi bilan Chansha hududi Afrika tovarlari tez orada yangi jahon bozorlariga chiqish uchun darvozaga aylanmoqda. Yaqin kelajakda Chansha orqali qayta eksport qilingan Afrika atirgullari o‘z xushbo'yligini butun dunyoga tarqatadi.
Quyidagi video shu xususida