Xitoyda 3000-yillik qadimiy yoʻl qoldiqlari topildi

03.01.2025 00:00 Dunyo 4

6f9f496ee27758a947aa0106a7b24e131228

3 ming yil avval qurilgan yoʻl qoldiqlari xitoylik arxeologlar tomonidan topilgan. Bu kashfiyot Xenan provinsiyasining Anyang shahrida amalga oshirilgan. Qadimgi yoʻl shimoldan janubga oʻtgan.

Yoʻl yuzasida gʻildirak izlari bor. U boʻylab 1,6 km uzunlikdagi ariq qazilgan. Olimlarning fikricha, bu Shang (Yin) sulolasi (miloddan avvalgi 1600 — 1046-yillar) poytaxti oʻrnida topilgan eng uzun shahar koʻchasidir.

Yoʻlning topilishi boshqa arxeologik topilmalar qatori olimlarga qadimiy shahar koʻchalari tartibini yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Shunday qilib, u yerda shimoldan janubga bir-biriga parallel boʻlgan uchta asosiy magistral qurilgan. Shuningdek, sharqdan gʻarbga olib boruvchi uchta yoʻl bor edi, deya xabar beradi Sinxua