foto:Reuters
Muzokaralar natijalariga ko'ra,Vashington «zudlik bilan» harbiy yordamni qayta tiklaydi, Ukraina bilan razvedka ma’lumotlari almashinuvi ham yana yo‘lga qo‘yiladi.
Ukraina Saudiya Arabistonida AQSh bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida 30 kunga o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisining rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
Andrey Yerman Kiyev «tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan uzaytirilishi mumkin bo‘lgan 30 kunlik vaqtinchalik sulhni joriy etishga» roziligini tasdiqladi. Shu bilan birga, Amerika tomoni Ukraina bilan razvedka ma’lumotlarini almashish hamda mamlakat xavfsizligi uchun yordam ko‘rsatishni zudlik bilan qayta tiklaydi.
«Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga o‘zaro kelishuv tinchlikka erishish kaliti ekanini yetkazadi», — deb yozadi Yermak o‘zining Telegram kanaliga.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio endi «koptok Rossiya tomonida» ekanini aytdi. «Biz Rossiya rozi bo‘lishiga umid qilamiz», — deydi u. Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha masalahatchisi Mayk Uols yaqin kunlarda rossiyalik hamkasblari bilan uchrashishini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Oq uy Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan uchrashuvni «samarali» deb baholadi.
«Kun davomida ushbu uchrashuvdan olgan yangiliklarimiz va prezidentga yetkazilgan xabarlar ijobiy. Uchrashuv samarali bo‘ldi», — deya ta’kidlaydi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt.