Xitoyning "Nechja-2" animatsion filmi Disney’ning "Yulduzlar jangi" blokbasterini ortda qoldirib, tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmlar beshligiga kirdi.
Maoyan platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 15-martga kelib kartinaning global daromadi 15,019 milliard yuandan (taxminan 2,09 milliard dollar) oshdi. Bu natijaga 29 yanvarda boshlangan Bahor bayrami - an’anaviy Xitoy Yangi yili davrida atigi 45 kunlik ijara davomida erishildi.
"Nechja-2" bozorda 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan birinchi film va "milliarderlar klubi"ga kirgan birinchi nohollivud loyihasi bo‘ldi.