Tolibon Xitoy bilan bog‘laydigan yo‘l qurilishining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi

17.03.2025 00:00 Dunyo 6

temir yo'l

Tolibon tiklanish va taraqqiyot vaziri Muhammad Yunus Oxundzoda Afg‘onistonni Xitoy bilan bog‘laydigan yo‘l qurilishining ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.

Loyiha kengligi 7-10 metr bo‘lgan 71 km yo‘lni o‘z ichiga oladi va uning byudjeti 134 million afg‘oniy (deyarli 2 million dollar) ni tashkil etadi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hududning murakkab relyefi tufayli ishlar taxminan bir yil davom etadi.

Vaxan yo‘li Afg‘onistonning tashqi aloqalarini mustahkamlaydi, mintaqadagi xavfsizlikni Xitoy harbiy bazasi ta’minlaydi.

Toliblar Vaxan yo‘lagini Pekin bilan savdo qilish mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l deb bilishadi, ammo so‘nggi paytgacha u Janubiy Vaxjirdovanning o‘tib bo‘lmas tog‘ dovoni tufayli qiyinchilik tug'dirayotgan edi. Toliblar hokimiyatni egallab olishidan bir necha oy oldin (2021-yil may oyida) Xitoy tomoni Afg‘onistonga yo‘l qurishda yordam bera boshladi va ushbu loyihaga sarflangan xarajatlarni 5 million dollardan ortiq deb baholagan.  BBC’ning ta’kidlashicha, bu yo‘lni biroz uzoqroqqa, Bo‘zay Gumbaz qishlog‘igacha uzaytirish imkonini bergan.