AQSh rahbari Donald Tramp milliarder Ilon Mask davlat ishiga vaqtincha yollanganini va 130 kun ishlaganidan keyin ketishini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) qachondir o‘z faoliyatini to‘xtatishini aytdi, chunki Ilon Mask faqat 130 kunga maxsus davlat xodimi sifatida ishlaydi, deb xabar berdi CNN.
Trampning ta’kidlashicha, Tesla va SpaceX egasi Mask o‘z kompaniyalarini boshqarishga qaytishi kerak. Ammo prezident uni imkon qadar uzoq muddat ushlab turishni istaydi, chunki uning «zakovati va qilgan ishlarini juda qadrlaydi».
Tramp so‘zlariga ko‘ra, federal agentlik rahbarlari «allaqachon ko‘p narsalarni o‘rganishgan» va o‘z ishini mustaqil ravishda davom ettirishi mumkin. Prezident ularning ba’zilari DOGE xodimlarini saqlab qolishni xohlashiga ishonch bildirdi. Trampning ta’kidlashicha, davlat idoralari rahbarlari o‘zi ishini «skalpel kabi» qilishi mumkin bo‘lgan vaqt keladi.