AQShning barcha shtatlarida Tramp va Maskka qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

07.04.2025 00:00 Dunyo 8

Rn-J9tH0N8S-Ow_5gvRE1RT2kCmZsS3x

foto:meduza

«Qo‘lingni tort!» shiori ostidagi aksiyada barcha shtatlar ishtirok etdi. Bu vaqtda esa Tramp o‘z qarorgohida golf o‘ynash bilan mashg‘ul.

5 aprel kuni Amerikaning barcha 50 ta shtatida prezident Donald Tramp siyosatiga qarshi miting va namoyishlar o‘tkazildi. Tashkilotchilari orasida kasaba uyushmalari, huquq faollari, fuqarolik huquqlari muhofazasi sohasidagi birlashmalar bo‘lgan namoyishlar «Qo‘lingni tort!» shiori ostida birlashdi. Associated Press qayd etishicha, mitinglar tinch ruhda o‘tgan, qo‘lga olinganlar haqida xabarlar kelib tushmagan. Trampga qarshi bu kabi norozilik aksiyalari u prezidentlikka qaytgan kunlarda ham bo‘lib o‘tgandi. Ammo ular hozirgi kabi ommaviy tus olmagandi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab jami 1400 ga yaqin aksiya uyushtirildi. Palm-Bich shahrida, Trampning qarorgohi yaqinida ham yuzlab kishilar namoyishga chiqqan. Oq uy prezident Tramp shanba kuni o‘z qarorgohida golf o‘ynagani va «yakshanba kuni ham shu ish bilan shug‘ullanmoqchiligi»ni xabar qilgan. 

Aksiyada Human Righs Campaign inson huquqlari tashkiloti rahbari Kelli Robinson so‘zga chiqib, Oq uyning ozchiliklar hamjamiyatiga nisbatan siyosatini tanqid qildi. «Biz kuzatayotgan hujumlar faqat siyosiy xarakterga ega emas. Ular shaxsiy xarakterga ega. Ular kitoblarimizni taqiqlashga urinmoqda, OIV profilaktikasi uchun mablag‘larni qisqartirmoqda, shifokorlarimizni, o‘qituvchilarimizni, oilamizni va hayotimizni jinoiy javobgarlikka tortmoqda. Biz bunday Amerikani xohlamaymiz. Biz qadr-qimmat, xavfsizlik va erkinlik ba’zilarimizga emas, balki barchamizga tegishli bo‘lgan Amerikani istaymiz», – deya uning so‘zlarini keltiradi Associated Press.