AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng mamlakatni qayta tiklash uchun sarmoya fondi yaratishga qaror qildi. Iqtisodiy kelishuv Markaziy Yevropa vaqti bilan 1 may, payshanbaga o‘tar kechasi ikki davlat hukumatlari tomonidan imzolandi. Hujjatni AQSh moliya vaziri Skott Bessent va Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, mamlakat iqtisodiyot vaziri Yuliya Svyridenko imzoladi
«Mustahkam tinchlikni ta’minlash bo‘yicha tinimsiz sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun men Qo‘shma Shtatlar va Ukraina o‘rtasida Ukrainaning iqtisodiy tiklanishini tezlashtirishga ko‘maklashuvchi AQSh-Ukraina investitsiya jamg‘armasini tashkil etuvchi tarixiy Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanganini e’lon qilishdan mamnunman», — deb yozadi Bessent ijtimoiy tarmoqda.
Tegishli press-reliz AQSh Moliya vazirligi saytida e’lon qilindi. «Amerika Qo‘shma Shtatlari ham, Ukraina hukumati ham Ukraina va Amerika xalqi uchun tarixiy iqtisodiy hamkorlikning tez amalga oshishini intiqlik bilan kutmoqda», deyiladi xabarda. Bitim matnining o‘zi hali e’lon qilinmagan.
Ukraina Iqtisodiyot vazirligi rahbari o‘zining Facebook’dagi sahifasida kelishuvning asosiy shartlarini bayon qildi, ulardan kelib chiqadiki, jamg‘arma "50/50" tamoyili bo‘yicha tashkil etilgan, bu esa Kiyev va Vashingtonning uni birgalikda boshqarishda teng ulushga ega ekanligini anglatadi.
"Hech bir tomonda ustunlik ovozi bo‘lmaydi va bu Ukraina va AQShning teng huquqli hamkorligini aks ettiradi," - deb yozdi Yuliya Sviridenko.