AQSh prezident Ar-Riyodga tashrifi vaqtida Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad Ash-Shar’a bilan uchrashdi. «Suriyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashni buyuraman, bu ularga katta imkoniyat berish uchun qilinadi», dedi u.
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
«Suriyaga qarshi sanksiyalarni olib tashlashga buyruq beraman, bu ularga buyuklikka erishish imkoniyatini beradi», dedi u 13 may, seshanba kuni u Ar-Riyodga tashrifi chog‘ida.
Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan vaziyatni muhokama qilganidan keyin tegishli qarorga kelganiga aniqlik kiritdi.
U tashrifi davomida Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad Ash-Shar’a bilan uchrashdi.
Damashq Trampning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi bayonotini olqishladi. Suriyaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishi «Suriya xalqi uchun iqtisodiy barqarorlik va ko‘p yillik halokatli urushdan keyin haqiqiy tiklanish yo‘lidagi taraqqiyotimizdagi hal qiluvchi burilish nuqtasidir», dedi Suriya tashqi ishlar vaziri Asaad al-Shayboniy Sana Suriya davlat axborot agentligi bilan suhbatda.