Qozog‘istonning XXRdagi elchisi Shaxrat Nurishev va Xitoy Xalq Respublikasi Makao maxsus ma’muriy hududi (Makao) ma’muriyati va adliya kotibi Chong Ven Chong o‘zaro viza talablaridan 14 kunlik muddatga ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladilar.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan surat.
Hujjat davlat ichki tartib-qoidalari bajarilgandan so‘ng kuchga kiradi, deb xabar qildi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi.
Bitim ikki tomon o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 10-noyabrda Qozog‘iston va XXR o‘rtasida viza talablaridan o‘zaro ozod qilish to‘g‘risidagi kelishuv kuchga kirdi. Qozog‘istonliklar materik Xitoyda 30 kungacha vizasiz qolish huquqini oldilar. Gonkong maxsus ma'muriy hududida bo'lish muddati esa 14 kunni tashkil qiladi.