VIDEO: Ipak yo‘li bo‘yicha qo‘llanma: Shinjon kulolchilik san’ati

18.04.2024 00:00 IPAK YO‘LI 6

VIDEO: Ipak yo‘li bo‘yicha qo‘llanma: Shinjon kulolchilik san’ati

Video mazmuni va tarjimasi:

Van Yun Shinjonlik kulolchilik san'ati ustalarining vorisi sanaladi. Uning ustaxonasida loydan yasalgan turli rang-barang haykaltaroshlik namunalari o‘rin olgan. Jumladan, qovun tutgan keksa inson, lag‘mon tayyorlayotgan bolakay va raqsga tushayotgan qizaloq shular jumlasidan. O‘z vatanini ishtiyoq bilan sevadigan Van Yun mamlakatning xalq urf-odatlarini aks ettiruvchi loydan haykallar yasashga intiladi.

40 yildan ortiq vaqt davomida kulolchilik san'ati bilan bog‘liq faoliyatda bo‘lgan Van Yun o‘n mingdan ortiq haykaltaroshlik namunalarini yasadi. Ular orasida "Bozorga sayohat" nomli ish 10-chi Xitoy oltin san‘at ustalari mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ustaxonada Van Yun loydan haykaltaroshlik mahsulotlarini tayyorlaydi. U tezda loyni barmoqlari orasida aylantiradi va  bir zumda tuproq raqsga tushadigan yoki kulib turgan figuralarga aylanadi. Van Yun o'z qo'llari bilan loyga hayot beradi.

Hunarmand loydan yasalgan rang-barang haykallar uchun g’oyalarni kundalik hayotdan oladi. Shinjondagi hayotiy voqealar Van Yun uchun ilhom manbai, shuning uchun u ijod ilinjida Tyanshan shimoli va janubiga sayohatlarni kanda qilmaydi. Van Yunning so‘zlariga ko‘ra, kulolchilikda haqiqiy usta bo‘lish uchun faqat hunarmandchilik asoslarini bilish yetarli emas. Bu yo’lda hunarni, hayotni va vatanni ishtiyoq bilan sevish kerak.