Qozog‘iston prezidenti Si Szinpinning tashrifidan katta natija kutmoqda

21.05.2024 00:00 IPAK YO‘LI 4

tokaev_van_i
foto: akorda.kz.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashuvda Xitoy diplomatiyasining jahon siyosatidagi juda muhim rolini ta‘kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tashabbuslari global kun tartibini shakllantiradi va xalqaro tinchlik va barqarorlikni saqlashga katta hissa qo‘shadi. U Xitoyni ko‘plab sohalarda, jumladan, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish, texnologik innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish, xalqaro investitsiyalar bo‘yicha tan olingan yetakchi deb atadi.

Qozog‘iston rahbari xalqaro tashkilotlar, shu jumladan BMT, ShHT, OHICHK da Qozoq-Xitoy munosabatlariga ham yuqori baho berdi.

"Qozog‘iston Xitoyning ishonchli hamkori bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Biz ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz. Darhaqiqat, bizning munosabatlarimiz va hamkorligimiz kelajakka qaratilgan", dedi To‘qayev.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi qozoq tuprog‘ida ko'rsatgan mehmondo‘stligi uchun Qosim-Jo‘mart To‘qayevga minnatdorchilik bildirdi va Xitoy xalq Respublikasi raisi Si Szinpin nomidan eng yaxshi tilaklarni bildirdi.

Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, hukumatlararo aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Suhbat yakunida Qozog‘iston prezidenti Xitoy xalq Respublikasi rahbari Si Szinpinga samimiy tabrik so‘zlarini yetkazdi va uning Ostona shahriga bo‘lajak davlat tashrifidan katta umidlar borligini ta‘kidladi. 

18-21 may kunlari Van Yi Tojikiston va Qozog‘istonga rasmiy tashriflar bilan bordi. Xitoy diplomatiyasi rahbari, shuningdek, Ostona shahrida bo'lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a‘zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining yig'ilishida ishtirok etadi.