Энди мотоцикл ва мотороллерлар ҳам қуёш батареяларида харакатланади

27.05.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

2024-05-27 16.23.08

Xitoyning Qozoq-Ili avtonom okrugi xududida quyosh batareyalaridan quvvat olib harakatlanadigan mototsikl va motorollerlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Uning bir necha modellari bo‘lib, ayniqsa 500 kilogrammgacha yuk tashishga mo‘ljallangan motorollerlari omabop chiqib qoldi. U ikki soat quyosh nuri ostida tursa 10 kilovat quvvat yig‘adi. Bu esa 150 kilometr xarakatlanishga yetadi. Bunday motorollerlar yukxona tomiga quyosh batareyalari o‘rnatilgan xolos. Boshqarish juda yengil, tezlikni soatigi 50 kilometrgacha yetkazish mumkin.

Qizig‘i shundaki, bunday quyosh motorollerlariga amerikalik xaridorlar juda katta miqdorda buyurtma bergan. Shundan so‘ng yuk tashuvchi quyosh motorollerlari narxi oshirilib, bir donasi ming AQSH dollariga ko‘tarilgan.