Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar” toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi

14.05.2024 00:00 Dunyo 6

08f21109a31d71f8ae0d8b163764409c

Gruziya parlamentining huquq qo‘mitasi bir necha haftadan buyon ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan “xorijiy agentlar” haqidagi munozarali qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi

Gruziya parlamentining huquq qo‘mitasi mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari va Yevropa Ittifoqining tanqidlari fonida “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatladi

"Qo'mita yig'ilishi soat 09:00 da boshlandi va roppa-rosa ikki daqiqadan so'ng yakunlandi. Biz, muxolifatchilar, hujjatni ikki daqiqada imzoladik", - dedi muxolifat deputati Yekaterina Xerkheulidze.

“Kavkaz sadosi” nashri, shuningdek, huquq qo‘mitasi “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasini o‘ta qisqa ko‘rib chiqishdan so‘ng uchinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlaganini yozadi. Shundan so‘ng qonun loyihasi parlament yalpi majlisida uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqiladi