Sirdaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda muzokaralar o‘tkazdi

01.06.2024 00:00 IPAK YO‘LI 5

Shu kunlarda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda bo‘lib turibdi. Xizmat safari uchrashuv, samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muzokaralarga boy bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabar berdi.

Dastlab Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasida Baodin shahri Szinsyu tumani partiya kotibi Szya Juyshen, Langfang tumani sanoat federatsiyasi vitse-prezidenti Chen Guydje va 15 ga yaqin mahalliy tadbirkor bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida tomonlar iqtisodiy-gumanitar, investitsiyaviy, turizm hamda kambag‘allikdan chiqarish sohalaridagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.  

tED2w9CcoY49alM7GGJt8oczD7HzDJuX_front

Foto: Uza.uz

Uchrashuvlarda, shuningdek, “Xian neuron technology” kompaniyasi bilan qiymati 10 million dollarlik ikki, uch g‘ildirakli elektr moped va skuterlar ishlab chiqarish loyihasi, “Beijing Linfu Technology” kompaniyasi bilan 10 million dollarlik biotexnologik genom laboratoriyasini tashkil etish loyihasi va “Jin Bi Sheng” kompaniyasi bilan 2 million dollarlik parrandachilik majmuasini qurish loyihasi atroflicha muhokama qilindi.  

J5fx7AbyzYMFCGNoUQYWju9eGsGcRjDY_front

Foto: Uza.uz

“Shaanxi Jiazhongshenghe Agricultural Technology” kompaniyasi bilan foydalanishdan chiqqan yerlarni o‘zlashtirish va o‘g‘it ishlab chiqarish, “Taitong Transport” kompaniyasi bilan logistika markazi barpo qilish, “Celco Innovation Technology” kompaniyasi bilan akkumulyator va invertorlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.  

ulo1qwDub0GmSTSH0zlnNbFqfv3JI15l_front

Foto: Uza.uz

Shu yerning o‘zida Xitoyda tahsil olayotgan talabalar bilan ham uchrashuv tashkil qilindi. Unda yoshlarning muammolari, o‘qish va yashash sharoitlari, kelgusi rejalari borasida fikr almashildi. Ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish uchun mas’ullar biriktirildi. 

0YNN5ef7e73nfPvEe4QikXJsgNYkKohv_front

Foto: Uza.uz

Viloyat vakillari Pekin iqtisodiy-texnologik rivojlanish hududida joylashgan klinik tibbiy tadqiqotlar va tibbiy asboblar uchun reagentlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Thorgene Medical Technology” hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va o‘zining elektron sotuv platformasiga ega “Xinfangsheng Holding Group” kompaniyalari faoliyati bilan ham tanishdilar.