Qozog‘istonda Inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi

03.06.2024 00:00 IPAK YO‘LI 6

Joriy yilning 28-29 may kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy-Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi.

prava_cheloveka

Xitoy Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan forum “Xitoy va Markaziy Osiyo uchun umumiy kelajakka ega hamjamiyat yaratish: inson huquqlarini rivojlantirishga yangi qarash” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlaridan mutasaddilar, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, inson huquqlari sohasidagi ekspert va olimlar ishtirok etdi.

Xitoy Inson huquqlarini rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari va bosh kotibi Szo Fen forumga raislik qildi.

Ochilish nutqida u Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rivojlanayotgan davlatlar va Global Janubga aʼzo ekanligini taʼkidladi. Bu mamlakatlarning o‘z iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan umumiy maqsadlari, inson huquqlari masalalari bo‘yicha qarash va pozitsiyalari o‘xshash.

Hozirgi vaqtda Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari inson huquqlarini rivojlantirish sohasida umumiy taqdirlar hamjamiyatini barpo etish kontseptsiyasiga amal qilmoqda va rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro inson huquqlari tizimidagi vakolati va ovozini kuchaytirishga intilmoqda, bu esa global inson huquqlarini ta'minlashga yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori Murodjon Turg‘unov Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik teng huquqlilik, o‘zaro ishonch, manfaatdorlik va barqaror rivojlanishga intilishning mushtarakligiga asoslanganini ta’kidladi. Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmi mintaqada inson huquqlarini himoya qilish, aholi turmush darajasini yaxshilash va iqtisodiy rivojlanish uchun qimmatli imkoniyatlarni taqdim etadi.

Tojikiston Prezidenti ma’muriyati huzuridagi Inson huquqlarini himoya qilish byurosi bosh eksperti Parviz Olimzoda “Xitoy-Markaziy Osiyo” Inson huquqlarini rivojlantirish forumi inson huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba va amaliyot almashish uchun muhim platforma ekanligini ta’kidladi. Tojikiston hukumati bu masalaga katta ahamiyat beradi va mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro hamkorlikni olqishlaydi.

Qozog‘iston Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti, Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi va boshqa muassasalar mutaxassislari ham inson huquqlarini birgalikda rivojlantirish va himoya qilish, madaniyatlarni o‘zaro boyitish va taraqqiyot masalalarini muhokama qildilar. Forum davomida forum ishtirokchilari “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi Xitoy-Qozogʻiston sanoat va sarmoyaviy hamkorlikning muhim loyihalari bilan ham tanishdilar.

Chin yurti Inson huquqlarini rivojlantirish jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, Xitoy-Markaziy Osiyo sammiti natijalarini amalga oshirish uchun Xitoy Inson huquqlarini rivojlantirish jamg'armasi 2023 yil sentyabr oyida Pekinda forum o'tkazdi. Ushbu tadbirni Chin yurti va mintaqa mamlakatlarida navbatma-navbat o'tkazish uchun ishchi mexanizmni shakllantirdi. Qozog‘istonda o‘tkazilgan forum ushbu mexanizm doirasidagi ayni formatdagi ikkinchi tadbir bo‘ldi.