13354 gektar maydonga ega dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi Xitoyning elektr tarmog'iga ulangan. Bu haqda electrek.co portali xabar bermoqda.
Quyosh elektr stansiyasi Shinjonda joylashgan. U yiliga taxminan 6,09 milliard kilovatt-soat (kVt/soat) ishlab chiqaradi. Bu yiliga ikki millionga yaqin elektromobilni quvvatlantirish uchun yetarli bo‘ladi.
Obyekt 455 GVt shamol va quyosh energiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirgan mega-bazali loyihaning bir qismidir. Megabazalar kam aholi punktlarida quriladi, ular yirik shahar markazlarini, masalan, Xitoyning sharqiy qirg'oqlarini energiya bilan ta'minlaydi. Yana ikkita kuchli quyosh elektr stansiyasi ham Xitoyda joylashgan va allaqachon ishga tushirilgan. Ikkalasi ham 3 GVt quvvatga ega hamda Ningxia va Qinghai mintaqalarida joylashgan.