Kreativ video orqali Xitoy davlatiga sayohatni yutib oling

Без названия

 Barcha ijod ixlosmandlarini va Xitoy davlatiga qiziquvchilarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz! 

UZCN“O‘zbekiston va Xitoy: hamkorlik rishtalari” mavzusidagi Videoroliklar tanlovi o‘z ishini boshladi va siz bu hikoyaning bosh qahramoni bo‘lishingiz mumkin! 

🎥 Agar siz O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsangiz, 2024-yil 1-iyuldan boshlab 3 qadamni bosib o‘tib, Xitoyga sayohat yutib olish imkonini qo‘ldan boy bermang!

Bu uchun siz ushbu shartlarni bajarshingiz zarur:
1. Xitoy haqida yoki Xitoy bilan O‘zbekistonning do‘stona aloqasi haqida ko‘pi bilan 3 daqiqalik noyob video tayyorlang.
2. Videoni Instagram va Facebook sahifangizga yuklang
3. Matnga heshteg qo‘shing: #uzbekistan_china_media

 Ajoyib videolar orqali Xitoyga bo‘lgan qiziqish va muhabbatingizni ko‘rsating!
Sizning Videoyingiz:
- hajmi va formati bo‘yicha (minimal o‘lchamlari 600x315 piksel) Instagram va Facebook (ruxsat etilgan formatlar-MP4 va MOV) talablariga javob berishi lozim;
- 3 daqiqadan ortiq emasligiga ishonch hosil qiling.

 Sizning materialingiz o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lishi, ushbu tanlov uchun maxsus yaratilgan va siz tomoningizdan taqdim etilgan bo‘lishi kerak.

‼️ Eʼtibor bering, tanlovda ishtirok etish uchun faqatgina bir dona video yuklashingiz mumkin. Keling, hoziroq boshlaylik! 
1-iyuldan 10-avgustga qadar o‘zingizning kreativ ijodingiz bilan bo‘lishishingiz mumkin.

 Do‘stlar, ijod olamiga sho‘ng‘ing, g‘oyalaringizni hayotga tatbiq eting va Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stligiga o‘z nuqtayi nazaringizni ko‘rsating.