Qashqar yarmarkasida O‘zbekiston uchun manfaatli loyihalar

18.08.2024 00:00 IPAK YO‘LI 7

photo_13_2024-08-18_10-51-04

Qashqar Xitoy va umuman Osiyo qit’asi uchun muhim strategik ahamiyat kasb etuvchi logistik markazdir. Xitoyning sharqidagi dengiz portlaridan kelayotgan yuklar aynan Qashqardan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo tomon yo‘l oladi. 

Qashqar sanoat – savdo yarmarkasi bu yil 14 – bor o‘tkazilmoqda. Uning ishida Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirok etishyapti. 

Qashqar Xitoy va umuman Osiyo qit’asi uchun muhim strategik ahamiyat kasb etuvchi logistik markazdir. Xitoyning sharqidagi dengiz portlaridan kelayotgan yuklar aynan Qashqardan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo tomon yo‘l oladi. 

photo_12_2024-08-18_10-51-04

Yarmarka ochilish tantanalarida so‘zga chiqqan Qashqar okrugi gubernatori Anvar Tursun, Shinjon savdo boshqaruv raisi Sin Tao, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari Suxayl Xon va ishtirokchi mamlakat vakillari Qashqar sanoat – savdo yarmarkasi o‘zaro tovar almashuvidagi ahamiyati ortib borayotganini, uning ishtirokchilari shu yilning o‘zida 10 foizga oshganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

photo_9_2024-08-18_10-51-04

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlangani Qashqar yarmarkasi nufuzi, davlatlararo iqtisodiy munosabatlardagi o‘rni yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. Shu tufayli endi Janubiy Osiyoning hatto Shri-Lanka  kabi davlatigacha Qashqarga tashrif buyurgan.

40 ming metr kvadrat maydonda Osiyo mamlakatlari ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmalari ochilgan. Asosan xalq-xo‘jaligi va iste’mol mahsulotlariga mo‘ljallangan pavilonlarda inson hayoti uchun birlamchi ehtiyoj mollari taklif qilinadi. Ko‘rgazma zalining markazida O‘zbekiston paviloni tashkil etilgan. 

-O‘zbekiston Prezidentining ochiqlik siyosati tufayli yurtimiz tadbirkorlaridan bir guruhi yarmarka ishida qatnashmoqda, - deydi O‘zbekiston investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligining Xitoydagi vakolatxonasi xodimi Otabek Obidjonov. – Ular o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish bo‘yicha bir qator shartnomalar tuzdilar.

photo_8_2024-08-18_10-51-04

Shu pavilonda biz xitoylik tadbirkor Tang Yu Rong bilan tanishib qoldik.

- Men O‘zbekistondan kulolchilik mahsulotlarini olib kelib sotaman. Ayniqsa Rishton, Buxoro kulollari yasagan idishlarga talab katta. Yarmarkadan foydalanib O‘zbekiston kulolchilik mahsulotlarini targ‘ib qilyapman, - deydi u. 

Yarmarkada ishtirokchi mamlakat va Shinjon san’atkorlari milliy kuy qo‘shiqlarini ijro etar ekanlar, o‘z ko‘rgazmalariga odamlarni chorlashga harakat qildilar. Bu yerda yana bir hamkor kompaniya vakillari bilan xam muloqotda bo‘ldik.

photo_5_2024-08-18_10-51-04

- Biz bu dronlarni O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va kadastr xizmati uchun taqdim etgandik, - deydi JOVAV kompaniyasi mutaxassisi Chan Ni Ye. – Uning ish samaradorligi O‘zbekistonlik do‘stlarimizga ma’qul keldi. Ular nafaqat o‘simlik holatini nazorat qiladi, balki kimyoviy ishlov berish imkoniyatiga xam ega. Shu yildan endi turli quvvatdagi dronlar biz bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. 

Shunday qilib, 14-Qashqar sanoat-savdo yarmarkasida O‘zbekiston uchun manfaatli loyihalar xam imzolanmoqda.


Muhammadjon Obidov
Tasvirchi: Elyor Olimov