Xitoyning Shenyan shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan U19 va U23 Osiyo chempionatining so‘nggi kunida mamlakatimiz terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi.
U19 yosh toifasida M2 yo‘nalishida Daler Ashurov va Bobomurod Pardayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, M2x bahslarida Jamolbek Turg‘unov va Bobur Muhiddinov kumush medal bilan taqdirlandi. U23 yosh toifasida esa M1x poygasida Mehroj Mamatqulov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, M4x bo‘yicha Mehroj Mamatqulov, Sobir Safaraliyev, Samir Roziqov va Samandar Hamraqulov to‘rtligi bronza medaliga ega chiqdi.
O‘zbekiston terma jamoalari qitʼa birinchiligini 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi va umumjamoa hisobida Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Eron termasi esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.