Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov Xitoy Xalq Respublikasi Chendu shahri xalq hukumati meri o‘rinbosari janob U Xao boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Sharof Rahmonov O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hozirgi do‘stona munosabatlarni yuqori baholab, Xitoyning boy tajribasidan samarali foydalanish zarurligini ta'kidladi.
Janob U Xao o‘z navbatida, O‘zbekistonni Xitoyning Markaziy Osiyodagi ishonchli hamkorlaridan biri sifatida e'tirof etib, Toshkent va Chendu shaharlari o‘rtasida madaniyat, turizm, logistika va qurilish sohalarida aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, transchegaraviy elektron tijorat tizimini joriy etish taklifini bildirdi.
Tomonlar Chendu va Toshkent shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.