Andijonda Markaziy Osiyodagi yagona “Faw” tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi zavodning 2-bosqichi qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi.
Xitoyning “China FAW group co.LTD” kompaniyasi hamda "Van universal motors” hamkorligidagi zamonaviy tijorat transport vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining umumiy qiymati 100 million dollarni tashkil etadi.
Skuterlar ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 10 million dollarni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 2 million dona. Yillik 5 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. 300 nafar andijonliklar doimiy ish bilan ta’minlanadi. Loyiha 2025-yil yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Rangli metal konstruksiyalari ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 200 million dollarga teng. Yillik ishlab chiqarish quvvati 45 ming tonna. Eksport hajmi yillik 18 million dollar. Yaratiladigan ish o‘rni 400 dona. Loyiha 2026-yilda foydalanishga topshiriladi.