Xitoy bilan hamkorlikda gazni yer ostida saqlash inshooti barpo etiladi

30.11.2024 00:00 IPAK YO‘LI 7

photo_2024-11-30_11-46-58

O‘ztransgaz” AJda Xitoy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi 112-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘ztransgaz” AJ va Xitoy Xalq Respublikasining Milliy Neftgaz Korporatsiyasi (“SNPC”) hamkorligida  yangi gazni yer ostida saqlash inshooti barpo etish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 

“O‘ztransgaz” AJda Jamiyat rahbariyatining "Sino-Pipeline International Company Limited" kompaniyasi delegatsiyasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda хitoylik mutaxassislarning loyihaga oid taqdimoti va takliflari ko‘rib chiqildi. 

“Sino Pipeline International Co.Ltd" kompaniyasi “SNPC” tavsiyasiga ko‘ra, taqdimot o‘tkazgan uchinchi kompaniya. Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ayni shu kompaniya maqbul deb topildi.