Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi

26.12.2024 00:00 IPAK YO‘LI 6

Askiya bozor

Yakkasaroy tumanida joylashgan Askiya dehqon bozori "Sheng Ke-International" MChJga 225,6 mlrd so‘mga sotildi.

Joriy yil 20 dekabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Askiya bozori hududi va bino-inshootlarini sotish bo‘yicha auksion o‘tkazilgan. Boshlang‘ich narx – 214,9 mlrd so‘m.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestriga ko‘ra, xaridor Sheng Ke-International MChJ 2024 yil 23 mayda Toshkentda ro‘yxatga olingan. Joriy ustav fondi – 68 mlrd so‘m. Faoliyat yo‘nalishi – ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari.

Sotilgan obyektning umumiy maydoni 1,83 gektar bo‘lib, shundan 0,68 gektarda binolar joylashgan. Bino-inshootlarning umumiy maydoni – 7439 kv.m.