ShHTning Kunmin marafonida 26 ming nafar sportchi ishtirok etdi

30.12.2024 00:00 IPAK YO‘LI 6

photo_5445193700494930726_y

2024 yil 29 dekabr kuni Xitoyning Yunnan provinsiyasida Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyati va viloyat Xalq hukumati ko‘magida Kunmin shahri xalq hukumati, Yunnan provinsiyasi sport ishlari boshqarmasi va tashqi ishlar mahkamasi hamkorligida tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Kunmin marafoni 2024 ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda ShHTga a’zo davlatlar, jumladan Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston, Bahrayn diplomatik missiyalarining elchilari va vakillari, shuningdek, XXR Tashqi ishlar vazirligi, Yunnan va Kunmin provinsiyalari ma’muriyatlari xodimlari ishtirok etdi. Marafonda 34 davlatdan, jumladan, SHHT davlatlaridan 26 mingdan ziyod sportchi ishtirok etdi.

Chjan Min o‘z nutqida Kunmin marafonining mintaqa mamlakatlari o‘rtasida gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish va odamlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdagi muhim ijobiy rolini yuqori baholadi. U 2025-yil ShHTning Barqaror rivojlanish yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan SHHTning katta oilasi mamlakatlari fuqarolari SHHTning sog‘lom, yashil va barqaror umumiy uyini birgalikda qurish uchun gumanitar yo‘nalishdagi bunday tadbirlarda faol ishtirok etishlariga umid bildirdi.

Musobaqa yakunida Chjan Min marafon g‘olib va sovrindorlarini taqdirladi.

Kunmin marafoni ShHT uchun muhim sport tadbiri bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli avlod, millat va madaniyat vakillarini bir-biriga yaqinlashtirish, shuningdek, tashkilot imijini yaxshilash va "Shanxay ruhi"ni targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Birinchi Kunmin marafoni 2016 yilda ShHT tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. O‘shandan beri u har yili boqiy bahor shahri Kunmin shahrida o‘tkazilib, SHHTning katta oilasi mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlikni ifodalovchi ezgu an’anaga aylandi.

Sostya