Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 7-iyul kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 68,15 soʻmga oshdi va 12 042,05 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi 44,26 soʻmga koʻtarilib, 13 744,80 soʻm etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,21 soʻmga oshdi va 155,03 soʻmni tashkil qildi.