Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 15-oktyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 49,81 soʻmga oshdi va 11 963,16 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 61,7 soʻmga koʻtarilib, 13 390,36 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,6 soʻmga tushdi va 142,33 soʻmni tashkil qildi.