Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyati delegatsiyasi 11-yanvar kuni Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar ikkinchi qor velopoygasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Foto: ShHT kotibiyati.
Kotibiyat maslahatchisi Behruz Moxtariy o‘zining tabrik so‘zida ShHTda sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha resurslar mavjudligini ta’kidladi. U tashkilotga a’zo davlatlar sport diplomatiyasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda, sportchilarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga rag‘batlantirmoqda va izchillik bilan ta’minlanayotganini qayd etdi.
ShHT mamlakatlari o‘rtasida har yili qor velopoygasini o‘tkazish an’anasi sog‘lom turmush tarzini yanada ommalashtirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Bu galgi velopoygada ShHTga aʼzo davlatlardan 869 nafar sportchi ishtirok etdi. Birinchi o‘rinni Xitoyning “Shengfang Sports” jamoasi, ikkinchi o‘rinni Rossiyaning “Ragain” jamoasi, uchinchi o‘rinni esa Xitoyning “Xarbin Jinying” sport klubi egalladi. Musobaqa g‘oliblariga ShHT Kotibiyati vakillari tomonidan kubok va medallar topshirildi.