Oʻzbekistonda ikki oyda 676,2 mlrd soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarildi

2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan 676,2 mlrd soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mebel ishlab chiqarish hajmi hududlar kesimi boʻyicha taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, 131,9 mlrd soʻmni tashkil etgan. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati 87,3 mlrd soʻmlik ishlab chiqarish hajmi bilan ikkinchi, 78,5 mlrd soʻmlik koʻrsatkich bilan Samarqand viloyati kuchli uchlikda qayd etilgan.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 58,3 mlrd soʻm, Andijonda 38,1 mlrd soʻm, Buxoroda 42 mlrd soʻmlik, Jizzaxda 16,1 mlrd soʻmlik, Qashqadaryoda 17,6 mlrd soʻmlik, Navoiyda 25,1 mlrd soʻmlik, Namanganda 59,6 mlrd soʻmlik, Surxondaryoda 21 mlrd soʻmlik, Sirdaryoda 8,4 mlrd soʻmlik, Fargʻonada 63 mlrd soʻmlik hamda Xorazmda 29,4 mlrd soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan.